Komiljon Mirzayev
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist
- Tug‘ilgan yili
- 1962
- Hudud
- Toshkent shahri
- Yo‘nalish
- G'ijjak ustasi
Ijodiy yo‘l
Mirzaev Komiljon Gulyamovich 15.02.1962 yil Toshkent shahrida tugʼilgan. 1981 yil Toshkent davlat konservatoriyasi (kunduzgi)ning oʼqituvchi, ijrochi, ansambl rahbari boʼlimiga oʼqishga kirgan. K.Mirzaev 1986 yil Konservatoriyani tugatgach, Bahor raqs ansambli oliy toifali sozandasi lavozimiga ishga qabul qilingan. 2003 yildan 2012 yilgacha Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litsey anʼanaviy ijrochilik kafedrasi oʼqituvchisi boʼlib faoliyat olib borgan.
Oʼzbekiston Respublikasi davlat “Mustaqillik bayrami”, “Konstitutsiya kuni”, “Vatan himoyachilari kuni”, ”Navroʼz” va boshqa bayramlari uchun tayyorlangan katta konsert dasturlari tadbirlarda faollik bilan qatnashib kelgan. Uning faoliyatidagi fidoiy mehnatlari uchun Oʼzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.А.Karimov 2002 yil “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” fahriy unvoni bilan taqdirladi.
K.G.Mirzaev 2012 yildan buyon Oʼzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti cholgʼu ijrochiligi kafedrasi katta oʼqituvchisi, 2015 yildan hozirgi kunga qadar ish faoliyatini Oʼzbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining Xalq ijodiyoti fakulteti “Milliy qoʼshiqchilik” kafedrasida dotsent vazifasini bajarib kelmoqda.
K.G.Mirzaev “Milliy qoʼshiqchilik” kafedrasining eng yetakchi va izlanuvchan mutaxassislaridandir. U “Sozandalar ansambli”, ”Cholgʼu ijrochiligi ” fanlaridan bakalavr taʼlim yoʼnalishi talabalariga dars beradi. U pedagogik faoliyati davomida bir necha yillik amaliy tajribalaridan kelib chiqib muhim va dolzarb masalalarni mustaqil tadbiq qilishga layoqatli xodim sifatida tanilib kelmoqda. Аmaliy guruhli, yakka mashgʼulotlarni zamonaviy va yangi oʼquv usullarda olib boradi. “ashula va raqs” talabalarining Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqdalar.
K.G.Mirzaev oʼzining kasbiga fidoiylik, mehnatsevarligi bilan “Sozandalar ansambli” fanidan oʼquv-uslubiy majmua, fan dasturi, ishchi fan dasturi, maʼruza matnlari, test savollari, amaliy mashgʼulot ishlanmalari, nazorat savollarini ishlab chiqib oʼquv jarayonini uslubiy jihatdan boyitdi.“ashula va raqs” yoʼnalishining kirish imtihonlari talablarini ishlab chiqishga ham oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda.
Oʼqituvchilik faoliyati jarayonida K.G.Mirzaev institutda va chet elda oʼtkazib kelinayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ham qator ilmiy maqolalar bilan faol qatnashib kelmoqda. Uning K.G.Mirzaev 2012 yildan buyon kirish imtihonlarida hayat aʼzosi sifatida qatnashib, talabalarni institut, Respublika ilmiy-ijodiy konferentsiyalariga tayyorlab, ularning bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda.
Bugungi kunda K.G.Mirzaev “Milliy qoʼshiqchilik” kafedrasining eng yetakchi, kasbiy darajasini muntazam oshirib boruvchi, talabalar mehr va muhabbatiga sazovor ustoz mutaxxasislardandir. Institutda oʼtkazib boriladigan barcha maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida u faol ishtirok etib kelmoqda.