1976-1982 yillar Oʼzbekiston davlat konservatoriyasida anʼanaviy sozandalik ixtisosligi boʼyicha tahsil olgan. 1975 yildan boshlab Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida sozanda sifatida ish boshlagan. 1986 yildan boshlab ushbu jamoaning badiiy rahbari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Xashimjon Ismailov oʼquv va ijrochilik faoliyati davomida Fargʼona vodiysi hamda Oʼzbekistonning barcha vohalarining eng yetuk ustoz sanʼatkorlarini ijro uslubini, shaxsiy va vohaviy mumtoz musiqa ijro maktablari anʼanalarini oʼrganishga va oʼzlashtirishga alohida yondoshdi. Buning zaminida zamonasining eng buyuk sanʼatkorlari bilan yonma-yon faoliyat olib borishga muyassar boʼldi. Ustozlar anʼanalarini zehn bilan oʼzlashtirib oʼzbek mumtoz musiqa sanʼati rivojiga munosib hissa qoʼshib kelmoqda. Аyniqsa, maqom ijrochiligi va ijodiyoti Xashimjon Ismailov faoliyatining mazmun-mohiyatini tashkil etib, zamon bastakori, mohir sozandasi sifatida ustoz sanʼatkorlar qatoridan munosib oʼrin egalladi. А.Ismailov zamonamizning ilgʼor mavzularida 1000 dan ortiq kuy, qoʼshiq va ashulalarni yaratgan bastakori, 100 dan ortiq maqom hamda mumtoz kuylarni radioning oltin fondiga gʼijjak cholgʼusi ijrosida muhrlagan mohir sozandasi, xalqimizning, davlatimizning har bir tadbirlarida betakror ijrosi va ijodi bilan fidokorona, samarali faoliyat olib borayotgan sanʼatimiz fidoiysidir. Аyniqsa Respublikamizda ansamblь ijrochiligi, maqom ansambllari va Yu.Rajabiy nomidagi maqom ansamblining ijrochilik faoliyati rivojida rahnamolik qilib, yosh maqom ijrochilar tarbiyasida samarali xizmat qilib kelayotgan ustoz sanʼatkordir. Bastakorlik ijodida Jomiy, Navoiy, Gadoiy, Fuzuliy, Haziniy, Ogahiy, Muqimiy kabi oʼzbek klassik shoirlaridan tortib toki zamonamizning eng ilgʼor shoirlarining gʼazal va sheʼrlariga murojaat etishi anʼana va zamonaviy jihatlarini koʼrsatib beradi. Аyniqsa, ushbu shoirlarning soʼzlari zamonaviy ohanglarda uygʼunlashishida oʼzbek xalqining betakror maʼnaviy dunyosi, musiqiy sehri, milliy ruhiyati va qadriyatlari oʼz aksini topayotganligini koʼrish mumkin. Xashimjon Ismailov oʼzbek milliy musiqa sanʼatini nafaqat Oʼzbekistonda, balqi jahon miqyosida munosib targʼib etishda oʼz hissasini qoʼshib, faoliyati davomida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda maqom va oʼzbek mumtoz musiqa namunalaridan iborat kontsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Respublika va viloyat miqyosida oʼtkazib kelinayotgan Mustaqillik, Navroʼz kabi barcha umumxalq bayram tantanalarida va mamlakatimiz hayotiga oid boshqa bir qator muhim sanalarga bagʼishlangan koʼplab madaniy-maʼrifiy tadbirlarda “Maqom” ansambli va Xashimjon Ismailov oʼz faoliyati va isteʼdodi ila fidokorona xizmat qilib, rahnamolik qilmoqda. Shu bilan birga oʼnlab isteʼdodli yosh sozanda va xonandalarga ustozlik qilib, maqom ijrochilik anʼanalarini ilmi, bilimi va amaliyoti negizida tarbiyalab kelmoqda..

Ellik yildan ortiq davr ichida maqom yo‘llari, xalq kuylari va zamonaviy bastakorlar asarlarini ijro etib kelmoqda. Ko‘plab shogirdlari bugungi kunda respublika va xalqaro sahnalarda faoliyat yuritadi.