O'tkir Qodirov
Mehnat shuhrati ordeni sohibi
- Tug‘ilgan yili
- 1964
- Hudud
- Toshkent shahri
- Yo‘nalish
- G'ijjak ustasi
Ijodiy yo‘l
O’tkir Qodirov 1964 yil 29 iyunda Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug’ilgan.Uning otasi Soqijon Qodirov yoshligida usta Usmon Zufarovga shogird bo’ladi. O’tkir Qodirovning akasi Sobitjon Qodirov o’zi yaxshigina xofiz bo’lib yetishadi va ukasiga g’ijjak sozida o'qishni tavsiya qiladi. Shunday qilib O’tkir Qodirov Toshkentdagi 6 - sonli bolalar musiqa maktabida g’ijjak cholg’usi bo’yicha o’qiydi(1974-1979).
Musiqa maktabida ustoz Ma’rif Alimaxsumov (Xalq xofizi Orif xoji Alimaxsumovning o'gillari)da taxsil oladi. Musiqa maktabida o’qib yurganidayoq bir necha yil San’at bayrami ko’rik tanlovining g’olibi bo’ladi.
1979 yili o’rta va musiqa maktabini tugatib X.X.Niyoziy nomidagi Toshkent davlat musiqa bilim yurtiga o’qishga kiradi. Bu yerda u ustoz, professor Murod Toshmuxamedov qo’lida taxsil oladi. O’qishning 3-chi bosqichidan boshlab D.Zokirov nomli O’zbekiston davlat teleradiosi xalq cholg’u orkestrida sozanda bo’lib ishlaydi. Lekin o’zbek mumtoz musiqasiga, maqomga bo’lgan mehr uni 1983 yil M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining Sharq musiqasi kafedrasiga o’qishga yetaklab keladi. U yerda u ustoz Abduhoshim Ismoilovda o’qishni boshlaydi. Keyinchalik u O’lmas Rasulov, Abduraxim Xamidov, Rifatilla Kosimov, Fattoxxon Mamadaliyev kabi ustozlardan maqom sirlarini o’rganadi.
1987 yilda bo’lib o’tgan 2-chi respublika maqom ijrochilari ko’rik tanlovida «Umid sovrini» bilan taqdirlanadi.1995 yilda Yu.Rajabiy nomli maqom ijrochilari Xalqaro ko’rik tanlovida «Gran-pri» (oliy o’rin) sohibi bo’ladi.1 993 yildan hozirgi vaqtgacha O’zbekiston Davlat konservatoriyasi «maqom cholg’u ijrochiligi» kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida yosh maqomchilarga maqom sirlarini o’rgatib kelmoqda. 100 dan ortiq shogirdlar yetishtirgan. Respublikamizning deyarli xar bir viloyatida O’tkir Qodirovning shogirdlari o’quv maskanlarida va turli ijodiy jamoalarda sozanda,xonanda sifatida faoliyat yuritib kelyaptilar.
O’tkir Qodirovning bastakorlik qirralari xam mavjud. Bunga misol u yaratgan «Shaboda», «Sog’inish»,«Visol»,«Dovul» , «Vaqt» kabi kuylar.
Uning shogirdlari ichida ko’plab maqom ijrochilari ko’rik tanlovi laureatlari bor. Bulardan :
Nabijon Kodirov(professor) 2003 yil
Azizbek Yuldashbayev
2021 yil
Shamshot Isayev
2021 yil
«Saykal» talaba sozandalar ansambli
2021 yil.
Xozirga qadar O’. Qodirov Yunus Rajabiy nomidagi o’zbek milliy musiqa san’ati institutida maqom cholg’u ijrochiligi kafedrasida dots.nt v.b. Lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
«Sato» guruhining badiiy rahbari. O’z ijodiy faoliyati davomida 40 dan ortiq mamlakatlarda o’z san’atini dunyo sahnalarida namoyish etdi.